Sport | 08:18 / 07.10.2021
8279
2 daqiqa o‘qiladi

Ot sporti bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasi «Millatlar kubogi»ning final bosqichida qatnashdi

1-3 oktabr kunlari Ispaniyaning Barselona shahrida ot sportining konkur yo‘nalishi bo‘yicha «Millatlar kubogi»ning final bosqichi bo‘lib o‘tdi. 

Foto: UzA

Turizm va sport vazirligi matbuot xizmatining yozishicha, turnirda O‘zbekiston delegatsiyasidan chavandozlar — Umid Komilov, Bekzod Qurbonov hamda A'zamjon Tolibboyev ham qatnashishdi. Ammo o‘zbekistonlik chavandozlarga g‘olib yoki sovrindor bo‘lish nasib etmadi. 

Musobaqada ot sporti bo‘yicha jahonning yetakchi mamlakatlaridan Belgiya, Gollandiya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Shveytsariya, Italiya, Ispaniya, Irlandiya, Norvegiya, Shvetsiya, AQSh, Kanada va Braziliya chavandozlari ham o‘z imkoniyatini sinovdan o‘tkazishdi.

Foto: UzA
Foto: UzA

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy jamoasi a'zolari 2021 yilda Toshkent, Bishkek va Moskva shaharlarida bo‘lib o‘tgan jahon kubogi bosqichlarida muvaffaqiyatli ishtirok etib, «Millatlar kubogi»ning final bosqichida qatnashish huquqini qo‘lga kiritgandi.  

Foto: UzA

Ma'lumot uchun, «Millatlar kubogi» ot sportida nufuzi bo‘yicha Olimpiya o‘yinlaridan keyingi o‘rinda turuvchi yirik turnir hisoblanadi. An'anaga ko‘ra, turnirning final bosqichi har yili kuz faslida Ispaniyaning Barselona shahrida o‘tkaziladi.

Mavzuga oid