Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qora Gentraʼdagi bezorilar jinoiy jazoga tortildi
Narkotik modda ta’sirida YPX xodimidan qochib, ko‘plab mashinalarni urib ketgan yigit va qizga hukm o‘qildi. Mashinani haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan qiz boshqargan.
Foto: Videodan kadr
YPX xodimidan qochib, bir nechta mashinani urib ketgan yigit va qiz jinoiy jazoga tortildi. Jinoiy ish JIB Chilonzor tuman sudida sudya Abbosjon Abdug‘afforov raisligida ko‘rib chiqildi. Bu haqda «Millar» dasturida xabar qilindi.
Sud hujjatlarida keltirilishicha, holat sodir etilganida Gentraʼdagi yigit va qiz narkotik modda ta’sirida bo‘lgan. Ammo sudlanuvchilar buni tan olmagan. Mashinani haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan qiz boshqargan. Avtomobil yigitning dadasi nomida bo‘lgan.
Mashinani davlat raqam belgisini yechib olgan holda boshqarishgan. YPX xodimi ularga to‘xtash ishorasini bergan. Biroq yigit va qiz to‘xtamasdan, qochishda davom etgan. Yo‘l-yo‘lakay 5 ta mashinani urib ketgan.
“Harakatlanib ketayotgan paytimiz bizni “GAI” xodimi to‘xtatdi. Biz to‘xtamadik. Mashinaning davlat raqam belgisi yo‘q edi. Keyin quvladi, qochdim, avariya bo‘lib to‘xtadik. Hech kim bunaqa ishlar qilishini xohlamayman”, degan qiz.
Shikast yetgan avtomobillar egalariga yetkazilgan zarar qoplab berilgan.
Sudning hukmi bilan yigit va qiz Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) 3-qismi “g” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilishda aybli deb topilgan. Yigitga JIB Chilonzor tuman sudining 2025 yil 1 maydagi hukmi bilan tayinlangan jazoni qisman qo‘shish yo‘li bilan uzil-kesil o‘tash uchun 5 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Qiz esa 4 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosiga tortilgan.
Qora Gentraʼdagi ushbu bezorilik 2025 yil 19 aprel tongida sodir bo‘lgandi. Guvohlarning Kun.uz muxbiriga aytishicha, kamida 2 ta Damas, bitta Matiz va Li9 avtomobillariga turli darajada zarar yetkazilgan.
Mavzuga oid
18:18 / 18.12.2025
Tanqiddan so‘ng: taftish instansiyasi ajrimi bilan Akmal Shukurov qamoqqa qaytarildi
11:22 / 26.11.2025
Toshkentda mast holda bezorilik qilgan shaxs qo‘lga olindi
11:02 / 28.10.2025
Mirzaobod tumani sobiq hokimi jinoiy jazoga tortildi
20:56 / 25.10.2025