Fan-texnika | 17:28 / 16.06.2015
1521
1 daqiqa o‘qiladi

Embraer tor fyuzelajli samolyotlarga bo‘lgan talabni 300 mlrd dollarga baholadi

Braziliyaning Embraer aviaquruvchi kompaniyasi mutaxassislari tor fyuzelyajli (gavdali) 70-130 yo‘lovchiga mo‘ljallangan yangi samolyotlarga jahon miqyosidagi talab keyingi 20 yilda 6 350 donani tashkil etadi deb hisoblamoqda. Ulardan 2.25 ming donasi 70-90 o‘rindiqli, 4.1 mingtasi esa 90-130 o‘rindiqli samolyotlarga to‘g‘ri keladi.
Shu tariqa, sotuvlarning umumiy hajmi 300 mlrd dollarni tashkil qiladi. Bu sonlar kompaniyaning yangi hisobotida aks etgan.
Kompaniya tahlilchilarining fikriga ko‘ra, 2034 yilga kelib bashorat qilinayotgan xaridlarning 39 foizi eskirgan uskunalarni yangilashga qaratiladi.
Xaridlarning asosiy qismi (2.06 ming dona yoki 32 foizi) Shimoliy Amerika bozoriga to‘g‘ri keladi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni Yevropa (1.16 ming yoki 18 foizi) va Xitoy (1.02 ming/16 foizi) egallaydi. Nihoyat, 380 dona (6 foiz) xaridlar MDH davlatlariga, 240 donasi (4 foiz) esa Afrikaga to‘g‘ri keladi.