O‘zbekiston | 20:49 / 24.10.2021
31295
7 daqiqa o‘qiladi

Prezident IIVning 30 yilligi arafasida ichki ishlar organlari xodimlarining bir guruhini mukofotladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev «O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh xodimlarni mukofotlash to‘g‘risida»gi farmonini imzoladi.

Hujjat bilan ichki ishlar organlaridagi ko‘p yillik samarali mehnati, yurtimizda jamoat xavfsizligi, xalqimiz osoyishtaligini ta'minlash, tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashga qo‘shgan munosib hissasi, jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklar profilaktikasi samaradorligini oshirish yo‘lidagi ibratli faoliyati, sharafli burchini bajarishda mardlik va jasorat namunasini ko‘rsatgani uchun, shuningdek, IIVning o‘ttiz yilligi munosabati bilan bir guruh shaxslar turli darajadagi orden va medallar bilan mukofotlangan.

 II darajali «Shon-sharaf» ordeni bilan:

  • Jo‘rayev Shodibek Valiyevich – Surxondaryo viloyati IIB otryad komandiri;
  • Islamxo‘jayev Xondamir Ozodovich – Qashqadaryo viloyati IIB boshqarma boshlig‘i;
  • Sobirov Shuhratjon O‘rinboyevich – O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari.

«Mardlik» ordeni bilan

  • Kazbekov Salavat Alibekovich – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus tumani IIB boshlig‘i;
  • Matanov Shavkatboy Nasriddinovich – Toshkent shahar Yakkasaroy tumani bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi 1-IIB boshlig‘i;
  • Rahimberdiyev Qosimjon Karimberdiyevich – Farg‘ona viloyati So‘x tumani IIB boshlig‘i;
  • Ergashev Qahramon Zokirjonovich – Andijon viloyati IIB boshqarma boshlig‘i;
  • Jo‘rayev Muhiddin O‘tkirovich – Toshkent shahar IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari.

«Do‘stlik» ordeni bilan

  • Djavakova Karine Vladimirovna – IIV akademiyasi davlat-huquqiy fanlar va inson huquqlarini ta'minlash kafedrasi boshlig‘i;
  • Najimov Tohiriddin Zuhridinovich – IIV JAR sport-sog‘lomlashtirish kompleksi boshlig‘i;
  • Uzoqboyev Bahodir Jollibayevich – Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov boshqarmasi katta tergovchisi

«Jasorat» medali bilan

  • Ismoilov Uchqun Ahmedovich – IIV katta tezkor vakili
  • Latipov Diyor Pardaboyevich – Jizzax viloyati IIB boshqarma boshlig‘i
  • Tillaxujayev Ma'ruf Tursunovich – Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahar bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi katta tezkor vakili
  • To‘xliyev Sherali Nafasovich – Toshkent shahar Chilonzor tumani bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi profilaktika inspektori
  • Umarov Zokir Shuhratovich – IIV Metropolitenda xavfsizlikni ta'minlash boshqarmasi safdor xodimi
  • O‘rmonov Dilmurod Bo‘taboyevich (marhum) – Toshkent viloyati Piskent tumani IIB yo‘l harakati xavfsizligi bo‘linmasi inspektori
  • Qodirov Ahmad Jumanovich – Samarqand viloyati IIB patrul-post xizmati bataloni otryad komandiri

«Sodiq xizmatlari uchun» medali bilan

  • Abduraimov Akmal Qo‘chqorovich – Navoiy viloyati Qiziltepa tumani IIB boshlig‘i
  • Akaboyev Yoqubjon Ne'matovich – Jizzax viloyati Zarbdor tumani IIB boshlig‘i
  • Akramov Kamoliddin Nuriddinovich – Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi o‘ta muhim ishlar bo‘yicha tezkor vakili
  • Alqarov Eldor Mahmudovich – Samarqand viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari – xavfsiz turizmni ta'minlash boshqarmasi boshlig‘i
  • Allayarov Hasan Boltayevich – Xorazm viloyati IIB patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi konvoy guruhi xodimi
  • Otaboyev Keldibek Omonboyevich – Sirdaryo viloyati Yangiyer shahar IIB yo‘l-patrul xizmati inspektori
  • Bariyev Zamir Serverovich – Samarqand viloyati IIB kinologiya xizmati kichik inspektor-kinologi
  • Ibragimov Zafar Xakimbayevich – Xorazm viloyati IIB ekspert kriminalistika bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari
  • Isaboyev Oxunjon Toshpo‘latovich – Toshkent viloyati Zangiota tumani IIB profilaktika inspektori
  • Ismanov Isomiddin Bahridinovich – Surxondaryo viloyati IIB tashkiliy boshqarma boshlig‘i
  • Ismoilov Ibragim Usmonovich – Farg‘ona viloyati IIB boshlig‘ining maslahatchisi
  • Muazzamov Muzafar Ergashevich – Surxondaryo viloyati IIB patrul-post xizmati bataloni bo‘linma komandiri
  • Murodov Dilmurod Aslonovich – Buxoro viloyati Shofirkon tumani IIB 2-ichki ishlar bo‘linmasi boshlig‘i
  • Nuriddinov G‘ayratjon G‘ulomovich – Namangan shahar Davlatobod tumani IIB profilaktika katta inspektori
  • Nuriddinov Saidolim Saidkamol o‘g‘li – IIV Ekspert-kriminalistika bosh markazi boshlig‘i
  • To‘laganov Mirzohid Mirgiyasiddinovich – IIV Transportda xavfsizlikni ta'minlash bosh boshqarmasi o‘ta muhim ishlar bo‘yicha tezkor vakili
  • To‘rakulov Akmal Musurmonovich – Qashqadaryo viloyati Kitob tumani IIB profilaktika katta inspektori
  • Xozgaliyev Zufar Erkinboyevich – Sirdaryo viloyati IIB bo‘lim boshlig‘i
  • Sharipov G‘ulom Masharifovich – Xorazm viloyati Urganch tumani IIB boshlig‘i
  • Eshmatov Ilyosbek Turg‘unboyevich – Andijon viloyati IIB patrul-post xizmati bataloni bo‘linma komandiri

«Shuhrat» medali bilan

  • Azimov Olim Qahramonovich – Navoiy viloyati IIB yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi yo‘l-patrul xizmati inspektori
  • G‘aniyev Sherzod Alisherovich – IIV Tashkiliy departamenti boshlig‘ining o‘rinbosari
  • Jumanov Ahrorjon Inomovich – Farg‘ona viloyati Beshariq tumani IIB profilaktika katta inspektori
  • Kovalchuk Arseniy Olegovich – Toshkent viloyati IIBB patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi otryad inspektori
  • Madaliyev Faxriddin Abduvaliyevich – IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti o‘ta muhim ishlar bo‘yicha tezkor vakili
  • Normetov Otabek Ulug‘bekovich – Toshkent viloyati IIBB birinchi mintaqaviy hudud bo‘yicha patrul-post xizmati otryadi safdor xodimi
  • Nurmatov Zoirjon Fozilovich – IIV Andijon akademik litseyi direktori
  • To‘raxonov Davronbek Abdurasilovich – Surxondaryo viloyati Denov tumani IIB yo‘l-patrul xizmati inspektori
  • Fatulloyeva Nasiba Asrorovna – Buxoro viloyati Romitan tumani IIB xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori
  • Hasanov Alisher Akbarovich – IIV huzuridagi Tergov departamenti o‘ta muhim ishlar bo‘yicha tergovchisi
  • Husanov Muhammad Rahmonovich – Namangan viloyati IIB kinologiya xizmati instruktor-kinologi
  • Shomurodov Nurbek Sevdiyorovich – Navoiy viloyati IIB patrul-post xizmati bataloni guruh komandiri
  • Eshonov Hoshim Nortojiyevich – Qashqadaryo viloyati IIB patrul-post xizmati bataloni safdor xodimi
Жамшид Ниёзов
Tayyorlagan Жамшид Ниёзов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid