Fan-texnika | 21:00 / 23.03.2017
36474
5 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda Wi-Fi’ni boshqarish tizimi ishlab chiqildi

Internet tarmog‘ining kengayishi va uzatish turlarining kupayishi ular orqali biznesni rivojlantirish bilan bir qatorda xavfsizlik choralarini ham unutmaslikni taqozo etadi. O‘zbekiston Savdo-Sanoat palatasi tomonidan internetni tarqatish va sotishni tartibga solish buyicha yangi qoidalar loyihasi taqdim etilgan bo‘lib, unda simsiz ya'ni Wi-Fi tarmoqlarni nazorat qilish masalasiga alohida e'tibor qaratilgan.

Software.uz - Dasturchilar milliy katalogidan o‘rin olgan Sensorika MChJ jamoasi tomonidan Hotspot.uz - Simli va simsiz Wi-Fi tarmoqlarni boshqarish hamda nazorat qilish tizimi ishlab chiqilgan. Ushbu tizim asosan kafe, restoran, mehmonxona, internet-klub va wi-fi tarmog‘i bor har bir tashkilot uchun mo‘ljallangan. U quyidagi vazifalarni bajaradi:

  • Adminpanel orqali statistik ma'lumotlarni kun, oy, yil kesimida ko‘rish: foydalanuvchilar soni, sarf qilingan trafik miqdori, pul tushumi va boshqalar;
  • Yuklab olinadigan ma'lumotlar hajmi, tezlik, vaqt va narx bilan cheklangan holda tariflar yaratish, ular bo‘yicha statistik-hisobotlar va pul tushumlarini onlayn tarzda ko‘rib borish;
  • Cheklanmagan internetli tariflar yaratish yoki oylik abonent to‘lovli tariflar yaratish orqali doimiy mijozlar sonini oshirish va marketing nazorati imkoniyati;
  • Internet trafikni sotishdan tushgan foydani kunlik, oylik va yillik kesimlarda ko‘rib borish imkoniyati;
  • Har bir mijozga avtomatik tarzda login va parol yaratish va uni SMS orqali jo‘natish imkoniyati;
  • Jo‘natilgan SMS va ulangan mijozlar sonini kun, oy, yil kesimida ko‘rish imkoniyati;
  • Tizimdagi onlayn foydalanuvchilarni nazorat qilish, o‘chirib quyish yoki MAS-adres buyicha umuman taqiqlab qo‘yish imkoniyati;
  • Pornografik hamda virusli saytlarni avtomatik ravishda cheklash, ularni Google xamda Yandeks qidiruv tizimlaridan ham olib tashlash, ushbu ma'lumotlar bazasining har kunlik yangilanib borishi (Yandeks DNS bilan hamkorlikda);
  • Ko‘rilgan saytlar ro‘yxatini cheklanmagan muddatda adminpanelda saqlanish imkoniyati (Log Url);
  • Uyga o‘rnatilgan taqdirda, farzandlar uchun kechki vaqt internetni avtomatik cheklash yoki o‘chirish imkoniyati;
  • Internet tezlikni foydalanuvchilar o‘rtasida optimal taqsimlash imkoniyati;
  • O‘z korxonasining logotipini kirish sahifasiga o‘rnatish imkoniyati;
  • Ijtimoiy tarmoqlar (Facebook, Twitter, Vkontakte va Odnoklassniki) orqali kirganda mijozlarga bepul internet taqdim qilish, bu internetning qancha vaqt, tezlik yoki ma'lumot yuklab olishi uchun alohida cheklovlar o‘rnatish;
  • Ijtimoiy tarmoq orqali kirgan mijozga o‘z sahifasida Sizning internet-sahifangizni do‘stlar bilan baham ko‘rish imkoniyatini berish sharti bilan internetga kirishiga ruxsat etish;
  • Ijtimoiy tarmoqlar orqali kirgan mijozlarning ma'lumotlari (tug‘ilgan kuni, yashash joyi, yoshi, jinsi va boshqa ochiq ma'lumotlar) necha marotaba va qachon sizning bepul internetingizdan foydalanganligi to‘g‘risidagi ma'lumotlarning adminpanelingizda yig‘ilishi oqibatida ulardan marketing maqsadida foydalanish imkoniyati;
  • Ijtimoiy tarmoqda yig‘ilgan mijozlaringiz va SMS orqali yig‘ilgan telefon raqamlarga chegirmalar, aksiyalar va tadbirlaringiz haqida to‘g‘ridan to‘g‘ri xabar berish imkoniyati.

Ushbu ma'lumotlar adminpanelda statistik grafiklar asosida yig‘ilib boriladi va korxona rahbari bu ma'lumotlarni dunyoning istalgan joyidan o‘zining login va maxfiy kodini terib kirishi hamda tahlil qilishi mumkin bo‘ladi.

Bu tizimga ulanish uchun hech qanday server yoki murakkab qurilmalarning kerak emasligi, dastur uchun maxsus litsenziyalar sotib olishning hojati yo‘qligi, tizimning global serverlari Uzinfokom data-markazida, Tas-ix zonasida joylashganligi bilan ajralib turadi.

Mijoz ulanishi uchun bir dona Mikrotik qurilmasi internetning kirish joyiga o‘rnatiladi. Oylik abonent to‘lovi to‘langach, mijoz faol holatga o‘tkaziladi va shaxsiy kabinetdan moliyaviy chiqimlarni onlayn nazorat qilish imkoniyati tug‘iladi.

Qo‘shimcha ma'lumotlarni Hotspot.uz saytidan yoki Telegramdagi @Hotspot_uz profilidan bilib olishingiz mumkin. 

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid