Moskvada va butun Rossiya böylab internet keng kölamda bloklanayotgan şaroitda Davlat dumasida mobil aloqa va simsiz internet (Wi-Fi) yöqoldi. 12 mart, payşanba kuni şahar markazidagi Oxotniy ryadda joylaşgan binoda oçiq ham, parol bilan himoyalangan simsiz tarmoq ham töliq işlamay qoldi, deb xabar berdi Duma Iqtisodiy siyosat qömitasi raisi örinbosari Mixail Delyagin özining Telegram-kanalida.
“Keça ham u barça telefonlarda işlamadi, endi esa har ikki tarmoqning özi (bittasi hamma uçun, ikkinçisi parol bilan — keça u ham yöq edi) umuman mavjud emas”, — deb yozdi Delyagin. U, şuningdek, Davlat dumasi binosida onlayn-servislarning birortasi, jumladan hokimiyat ruxsat bergan Max davlat messenjeri ham işlamayotganini ma’lum qildi. Deputat u bilan boğlanmoqçi bölganlardan SMS xabar yozişni söradi.
Davlat dumasidan internetga çiqişning barça imkoniyatlari yöqolgani haqida “Vedomosti” gazetasi ham quyi palatadagi manbalariga tayanib yozdi. Xususan, yalpi majlisda KPRF fraksiyasi deputatlari elektron poçtani tekşiriş imkoni yöqligidan şikoyat qildi. Ular, şuningdek, xizmat telefonlari ham işlamayotganini aytdi.
Davlat dumasi spikeri Vyaçeslav Volodin internetdagi uzilişlarni “xavfsizlik masalalari” bilan boğladi va Axborot siyosati qömitasi rahbari Sergey Boyarskiyga murojaat qilişni söradi.
Rossiya hukumati 2025 yil bahoridan boşlab Ukraina dronlari hujumlari sababli mobil tarmoqlarni muntazam ravişda öçira boşladi. Ötgan yil davomida internet-şatdaunlar soni böyiça yangi rekordlar qayd etildi. Internetdagi uzilişlar jang harakatlari hududidan juda uzoqda joylaşgan mintaqalarga ham taalluqli böldi (Primore, Saxalin, Kamçatka).
Mart oyi boşidan beri Moskvada mobil aloqa bilan boğliq keng kölamli muammolar kuzatilmoqda. Mobil internet işlamay qolgan, turli servislarga kirişda uzilişlar qayd etilmoqda. “Kommersant” manbalariga köra, aloqa operatorlariga ayrim joylarda mobil internet işini çeklaş haqida körsatma berilgan. “Kod Durova” manbasi aniqlik kiritişiça, Moskvadagi öçirişlar muayyan hududlarda amal qilmoqda. Uning sözlariga köra, tumanning bir qismida tarmoq işlaşi mumkin, bir neça köça narida esa u butunlay yöq.
Bundan oldin Roskomnadzor Rossiyada Telegram işini maqsadli ravişda sekinlaştiriş niyatini rasman tasdiqlagan edi. Idorada “izçil çeklovlar” joriy etiş rejalaştirilayotgani aytildi. Rasman regulyator bu çoralarni “Rossiya qonunçiligi buzilişi” va “fuqarolar xavfsizligi”ga tahdid bilan izohladi. Internet-senzura böyiça ekspertlar esa hukumatning asl maqsadi — WhatsApp misolida bölgani kabi, Telegram’ni asta-sekin siqib çiqariş uçun şaroit yaratiş va Rossiyadagi foydalanuvçilarni davlat nazoratidagi messenjerlarga, avvalo Max va VK’ga ötkaziş, deb hisoblaydi.












