Jamiyat | 19:01 / 17.08.2016
16574
1 daqiqa o‘qiladi

Las-Vegasdagi eng mashhur mehmonxonalardan biri bir necha soniyada vayron qilindi

Las-Vegasdagi mashhur Rivera mehmonxonasi va kazino binosi bir necha soniyalar ichida vayron qilindi. Bu haqida CNN ma'lum qildi. 

Mehmonxona va kazinoning yopilishiga doir qaror 2015 yilda qabul qilingan. Iyun oyida mamlakat hukumati majmuaning "Monako" minorasini vayron qilgan bo‘lsa, 16 avgustdan 17 avgustga o‘tar kechasi ikkinchi bino - "Monte-Karlo"ni yo‘q qildi. 

Mehmonxona va kazino binosi o‘rnida zamonaviy konferensiya markazi binosi bunyod etilishi rejalashtirilgan. 

1955 yilda qurilgan mehmonxona shahardagi eng eski mehmonxonalardan biri hisoblangan. Kazinoda  "Oushenning 11 do‘sti" (1960), Jyeyms Bond haqidagi "Olmoslar bir umrlik" (1971), "Kazino" (1995) kabi filmlar suratga olingandan so‘ng mashhur bo‘lib ketgan. 

 

Video thumbnail
{Yii::t(}
O'tkazib yuborish 6s

Mavzuga oid