Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Cashback: endi sarflagan pullaringiz hisobingizga qaytariladi
Foto: Hi-Tech Bank
Biz kundalik hayotda deyarli har kuni turli xaridlar qilishimizga to‘g‘ri keladi. To‘lovni esa osongina yo‘l, ya'ni plastik kartalar orqali amalga oshirasiz. Hozirda onlayn to‘lov tizimi shu qadar hayotimizga kirib keldiki, uning yordamida maoshlarni olish va savdo qilish yanada qulaydir.
Biroq har doim xarid qilinganda, mobil telefonlar orqali kamayib borayotgan mablag‘ingiz haqida “eslatmalar”kelishi biroz tushkunlikka tushiradi. Endi esa buning mutlaqo aksi bo‘lishi mumkin. Qanday qilib deysizmi? Juda ham oson. Har bir ishlatilgan pulingizdan o‘zingizga bir qismi qaytishini istaysizmi?
Hi-Tech Bank o‘z mijozlari uchun mana shunday ajoyib CashVack xizmatini joriy qildi. Hozircha O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan hech bir bank mazkur tizimni joriy qilmagan. Xo‘sh, bu xizmatning afzalligi nimada? U mijozlarga qanday qulayliklar taqdim etadi?
CashBack - bu Hi-Tech Bank tomonidan beriluvchi maxsus plastik kartalari egalariga taqdim etiluvchi yangicha xizmat turi. Unga ko‘ra, karta egasi qandaydir xarid yoki to‘lovni amalga oshirsa, uning hisobiga xarajatning ma'lum bir foizi qaytarib beriladi. Albatta, qaytariluvchi foiz mahsulot turiga bog‘liq bo‘lib, xarid qiymatining 25 foizigacha qismi hisobga tushadi.
CashBack xizmatidan qanday foydalaniladi?
Bu yangi tizimdan foydalanish uchun siz Hi-Tech Bank tomonidan joriy qilingan maxsus CashBack kartasini olishingiz kerak bo‘ladi. Shundan so‘ng, siz karta orqali amalga oshirgan har qanday xaridingiz uchun sizning hisobingizga tovar qiymatiga ko‘ra foizlar qaytariladi.
Qayerlarda xarid qilish va foizni qaytarish mumkin?
Mazkur xizmatdan faqatgina Hi-Tech Bank’ning CashBack xizmati bo‘yicha hamkorlari bilan amalga oshirilgan xaridlar vaqtida foydalanish mumkin.
Hozirgi kunda bankning yangi xizmati bo‘yicha 300dan ortiq hamkori bo‘lib, ular orasida mobil aloqa operatorlari, internet provayderlar, restoran, kafelar, to‘y liboslari salonlari, savdo nuqtalari, do‘kon va boshqalarni uchratish mumkin.
Darvoqe!
Biroq kartadan faqatgina hamkor savdo nuqtalardagina emas, istalgan yerda foydalanish imkoniga egasiz. Ya'ni, u ham odatiy plastik kartalari kabi barcha yerlarda qo‘llash uchun mo‘ljallangan. Biroq to‘lov tizim hamkorlarida amalga oshirilmasa, sizning hisobingizga foiz qo‘shilmaydi.
CashBack kartasini ochish uchun quyidagilarni amalga oshirish kerak:
- uno.uz mobil dasturi yoki htb.uz saytida CashBack kartasini olish uchun ariza to‘ldirish yoki quyidagi raqamlarga qo‘ng‘iroq qilish: (+99871) 150−33−66;
- Faqatgina bir marta bankka shaxsni tasdiqlovchi original pasport bilan tashrif buyurish;
- INN nusxasini qoldirish. (CashBack daromad manbai hisoblanganligi sababli undan soliqlarni to‘lash kerak bo‘ladi. Biroq havotirga hojat yo‘q. Bank soliq inspeksiyasiga barcha kerakli hujjatlarni yetkazib beradi va soliqlarni o‘z hisobidan to‘laydi);
- Kartani bankdan olib ketish. Shuningdek, mijozlarga yanada qulaylik yaratish maqsadida, Hi-Tech Bank kartani nafaqat uyingizga, balki istalgan joyga bepul yetkazib berishi mumkin.
CashBack’dagi pullarni qanday qilib tekshiramiz?
Bank CashBack xizmatini joriy qilgach, mijoz kartadan yanada oson va qulay foydalanishi uchun UNO mobil dasturini ishga tushirdi. Bu yerda hamkorlar bilan katalog funksiyasi joriy qilingan. Uning yordamida siz hisobni tekshirish, to‘lovlarni amalga oshirish va CashBack orqali hisobga tushuvchi foizlar miqdorini ham kuzatib borish imkoniga ega bo‘lasiz.
Agarda sizga qaysidir hamkor haqida to‘liq ma'lumot kerak bo‘lsa, uni ro‘yxatdan tanlab, manzili, telefon raqami, ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarini topishingiz mumkin. Pullar kartaga kun davomida kelib tushadi.
UNO mobil dasturini hozirning o‘zidayoq AppStore va Google Play orqali yuklab olish mumkin. Batafsil ma'lumotlar www.uno.uz saytida.
To‘lov
CashBack kartasining bahosi - 60300 so‘m. Ya'ni, siz kartaning ishlab chiqarilgani (25836 so‘m) hamda tizimga ulanishi (34448 so‘m) uchun to‘lovni amalga oshirasiz.
Kartani esa UNO mobil dasturi yordamida yoki infokioskalar va bank orqali istalgan miqdorda to‘ldirib borish mumkin. To‘lov komissiyasi o‘tkazmaning 1 foizini tashkil etadi.
Maxsus sovg‘a
Bank kartani uch kun ichida o‘z egasiga yetkazib beradi. Shuningdek, har bir CashBack egasiga The Black Quail brendining zamonaviy charm hamyoni sovg‘a qilinadi.
CashBack hamkoriga aylanishni istaysizmi?
Bu juda ham oson. Bor-yo‘g‘i quyidagilarni amalga oshirish kifoya:
- htb.uz saytida ariza to‘ldirish yoki quyidagi raqamlarga qo‘ng‘iroq qilish: (+99893) 516-47-58 (Timur), (+99890) 911-99-10 (Andrey), (+99890) 994-30-11;
- Shartnoma imzolash va CashBack foizini aniqlash. Yodda tuting: shartnoma imzolangach, mazkur foizni o‘zgartirishning imkoni bo‘lmaydi;
- To‘lov terminalini bepul foydalanish uchun olish va u orqali mijozlarning kartasiga to‘lovlarni o‘tkazish.
Hi-Tech Bank eshiklari hamisha hamkorlik uchun ochiq. Shuningdek, mazkur tizimni yanada rivojlantirish uchun O‘zbekistondagi qolgan bank va kompaniyalarni ham birgalikdagi hamkorlikka chorlab qoladi.
Hi-Tech Bank hamkorlari CashBack’dan qanday foyda oladi?
Birinchi navbatda, hamkor kompaniyalar juda ko‘plab mijozlarga ega bo‘lishadi. Qo‘shimchasiga, foydalanuvchilar bir necha oydan so‘ng, kreditchilarga aylanishi mumkin. Shu sababli, ularning hisobida o‘z mablag‘i tugasa ham mahsulotlarni sotib olishadi.
Bundan tashqari, hamkorlar CashBack tizimning keng targ‘iboti orqali qo‘shimcha mashhurlikka erishishadi. Hi-Tech Bank O‘zbekiston bo‘ylab, TV, radio, internet va ommaviy yerlardagi reklamalar orqali mazkur tizimni targ‘ib qiladi.
Shuningdek, bank NFC tizimiga ulanuvchi to‘lov terminalini bepul taqdim etadi, ikkilamchi hisob ochadi va har doim professional yordam ko‘rsatadi.
Hi-Tech Bank’ning CashBack tizimi haqida batafsil ma'lumotlar: (+99871) 150−33−66.
Manzil: T. Shevchenko ko‘chasi, 36a / 36b
Sayt: htb.uz
UNO dasturini yuklab olish: AppStore i Google Play
Telegram: @infohtbuz
Facebook: fb.com/hitechbank
Instagram: @htb.uz
Reklama huquqi asosida