Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
IIV akademik litseyiga qabul e'lon qildi
2017/2018 o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 1-sonli Toshkent akademik litseyiga qabul o‘tkaziladi. Bu haqda KUN.UZ‘ga Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi ma'lum qilgan.
Kelajakda O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasida yoki Yong‘in xavfsizligi institutida o‘qib, ichki ishlar organlarida xizmat qilish istagida bo‘lgan yoshlar 2017/2018 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 1-sonli Toshkent akademik litseyida o‘qishlarini davom ettirishlari uchun taklif qilinadi.
Ayni vaqtda Toshkent shahridagi barcha akademik litsey va kollejlarning 1-bosqichida hamda umumta'lim maktablarning 10-sinfida ta'lim olayotgan o‘quvchilar joriy yilning 17 sentabr kuni soat 18.00ga qadar Toshkent shahar, Uchtepa tumani 11-mavze M.Shayxzoda kuchasi 64-uyda joylashgan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 1-sonli Toshkent akademik litseyi (sobiq Jahon tillari universiteti qoshidagi Uchtepa akademik litseyi)ga murojaat qilishlari mumkin.
Tanlov suhbat asosida amalga oshiriladi. Nomzodlar o‘zlari bilan quyidagi hujjatlarni olib kelishlari lozim:
– tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma (metrika);
– shahodatnomaning ksero nusxasi;
– maktabdan tavsifnoma;
– mahalladan tavsifnoma;
– tarjimai hol;
– 2 dona 3x4 hajmdagi surat.
Izoh: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 avgustdagi “Ichki ishlar organlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga asosan, 2020 yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi yoki Yong‘in xavfsizligi institutiga kunduzgi ta'lim shakliga o‘qishga qabul qilish faqat IIV akademik litseylari bitiruvchilari tarkibidan amalga oshiriladi.
Qo‘shimcha ma'lumot olish uchun 276-86-37 raqamga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin.
Mavzuga oid
16:20 / 07.05.2020
IIV akademik litseylariga o‘qishga kirish uchun arizalar qabul qilish muddati uzaytirildi
15:12 / 10.07.2019
IIV tizimidagi akademik litseylar o‘quvchilariga harbiy guvohnomalar berilishi mumkin
00:57 / 06.05.2019
Yong‘in xavfsizligi instituti jamoasi Ramazon oyi munosabati bilan qabristonlarda obodonlashtirish tadbirlarini o‘tkazdi
22:29 / 15.04.2019