Keça, 5 may kuni Respublika Yonğin xavfsizligi instituti jamoasi tomonidan Ramazon oyi munosabati bilan Toşkent viloyatining Zangiota, Yangiyöl va Sergeli tumanlarida joylaşgan qabristonlarda obodonlaştiriş haşarlari ötkazildi. Bu haqda institut matbuot xizmati Kun.uz’ga xabar berdi.

Haşarda «Zangiota» ziyoratgohi va 4 ta qabristonda obodonlaştiriş, daraxtlarni oqlaş, ariqlarni tozalaş, hududni tartibga keltiriş kabi işlar amalga oşirilgan. 

Institutning doimiy va özgaruvçan tarkibidan jami 400 nafar xodim va kursantlar mazkur tadbirda iştirok etdi, deyiladi xabarda.

Institutda bu kabi işlar doimiy yölga qöyilgan. Jumladan, haftaning har şanba va yakşanba kunlari Sergeli, Zangiota va Yangiyöl tumanlarida istiqomat qiluvçi kam ta'minlangan oilalar, yakka yolğiz hamda nogironligi bor fuqarolarning xonadonlarida haşarlar ötkazilib kelinmoqda.