Jahon | 07:51 / 18.03.2019
17684
1 daqiqa o‘qiladi

Belgiyada kabutar rekord narxga sotildi

Foto: Shutterstock

Belgiyaning Knesselar shahridagi auksionda Armando laqabli pochta kabutari rekord narx – 1,25 mln yevroga sotildi. Bu haqda RTBF telekanali xabar berdi. 

Qushni xitoylik sotib olgan. Shunisi ma'lumki, xitoyliklar aynan Belgiya kabutarlarini yuqori baholaydilar.

5 yoshli Armando kabutar poygalari tarixidagi eng yaxshilaridan biri hisoblanib, g‘alabalari uchun ko‘plab mukofotlar bilan taqdirlangan.

Ta'kidlanishicha, endi kabutarning asosiy vazifasi poygalarda ishtirok etish emas, balki yangi “chempion” nasl qoldirish bo‘ladi. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid