Belgiya davlat idoralari saytlari hakerlar hujumiga uchradi
Hakerlarning ma’lum qilishicha, kiberhujum Belgiya Ukrainaga 1 mlrd yevrolik yordam paketini ajratgani sabab uyushtirilgan.

Foto: Getty images
Hakerlar guruhi Belgiyaning bir qator muhim davlat saytlariga hujum uyushtirdi, deb xabar beradi Belga agentligi.
Xususan, hukumatning belgiyaliklarga rasmiy hujjatlardan foydalanish imkoniyatini taqdim etuvchi MyGov.be sayti, shuningdek, Valloniya parlamenti sayti ham kiberhujumga uchragan.
Kiberxavfsizlik markazi bayonotiga ko‘ra, gap serverlar faoliyatini falajlovchi DDos-hujumlar haqida ketmoqda. Markazning ma’lum qilishicha, ushbu hujumlar kiberqaroqchilarga ma’lumotlarni o‘g‘irlash imkoniyatini bermaydi.
Hujumni Rossiyaning NoName hakerlik guruhi uyushtirgan bo‘lishi mumkinligi aytildi. RTBF telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, hakerlar ijtimoiy tarmoq orqali hujum Belgiya tomonidan Ukrainaga 1 milliard yevrolik yordam paketi ajratilganiga javob hisoblanishini bildirgan. Belgiya mudofaa vaziri Teo Franken mart boshlarida Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan uchrashuvda ushbu yordam paketini taqdim etgandi.
Mutaxassislarning ta’kidlanishicha, bu nisbatan zararsiz DDos-hujumdir. Serverlar ko‘plab so‘rovlar bilan «bombardimon» qilinadi, bu ularni ortiqcha yuklab, haqiqiy foydalanuvchilar uchun foydalanib bo‘lmaydigan holga keltiradi.
Fevral oyida Myunxen xavfsizlik konferensiyasi ochilishi arafasida Bavariya davlat idoralari DDos-hujumga uchragan edi. O‘shanda rasmiylar buni «rossiyaparast hakerlik faoliyati» deb atagandi.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Firibgarlar qanday qilib bank kartasidagi pullarni o‘marmoqda?
Jamiyat | 07:46
-
Isroilning G‘azoga havo hujumlari: 18 kishi halok bo‘ldi
Jahon | 07:36
-
Shvetsiyada tuxumni qizining peshonasiga urib chaqqan ayol jarimaga tortildi
Jahon | 00:42
-
Londonda Rossiya josuslik tarmog‘i rahbari 10 yilga qamaldi
Jahon | 00:11
Mavzuga oid

23:49 / 29.04.2025
Fransiya Rossiya harbiy razvedkasini muntazam ravishda kiberhujumlar uyushtirib kelganlikda aybladi

13:36 / 20.03.2025
Shimoliy Koreya bitkoin zaxiralari bo‘yicha dunyoda uchinchi o‘ringa chiqdi

00:31 / 27.02.2025
Xitoylik hakerlar Belgiya maxsus xizmatlari ma’lumotlarini qo‘lga kiritgan - OAV

17:53 / 21.01.2025