Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Uzbekistan Airways» Urganch, Nukus va Buxoroga qo‘shimcha qatnovlarni joriy qiladi
«Uzbekistan Airways» yangi yil bayram kunlari arafasida – 2021 yilning 29 dekabridan 31 dekabriga qadar Toshkentdan Nukus, Urganch va Buxoro shaharlariga qo‘shimcha qatnovlarni yo‘lga qo‘yadi.
Foto: Kun.uz
Aviakompaniya xabariga ko‘ra, aviachiptalar quyidagi harakat jadvali bo‘yicha amalga oshiriladi (mahalliy vaqt):
Toshkent-Buxoro-Toshkent yo‘nalishida 29 dekabr chorshanba kuni qo‘shimcha qatnov amalga oshiriladi. Toshkentdan jo‘nab ketish - 17:00, Buxoroga yetib kelish - 18:10. Buxorodan jo‘nab ketish - 18:50, Toshkentga yetib kelish - 19:50.
Toshkent-Nukus-Toshkent yo‘nalishida 29 dekabr va 31 dekabr kunlari qo‘shimcha reyslar amalga oshiriladi. Toshkentdan jo‘nab ketish - 13:10, Nukusga kelish - 14:50. Nukusdan jo‘nab ketish - 15:30, Toshkentga yetib kelish - 16:50
Toshkent-Urganch-Toshkent yo‘nalishida 29 dekabr va 31 dekabr kunlari qo‘shimcha reyslar amalga oshiriladi. 29 dekabr chorshanba: Toshkentdan jo‘nab ketish - 19:30, Urganchga yetib kelish - 21:00; Urganchdan jo‘nab ketish - 22:00, Toshkentga yetib kelish - 23:20. 31 dekabr juma: Toshkentdan jo‘nab ketish - 12:50, Urganchga yetib kelish - 14:20; Urganchdan jo‘nab ketish - 15:20, Toshkentga yetib kelish - 16:40.
Aviachiptalarni aviakompaniyaning rasmiy saytidan, Uzbekistan Airways Sales filialidan yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilish mumkin.
Mavzuga oid
10:52 / 25.12.2025
Urganchda tuman sabab ayrim reyslar Buxoroga yo‘naltirildi
18:08 / 24.12.2025
Qishki ta’til oldidan qo‘shimcha avia va poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi
17:00 / 18.12.2025
Uzbekistan Airways bilan uchuvchilik karerangizni boshlang
11:58 / 17.12.2025