Ma’lum qilinişiça, “Buxoro–Qoraköl” yönalişida harakatlanayotgan “Jyentra” rusumli avtotransport vositasi Jondor tumani hududida töxtatilib, tekşirilgan. Tekşiruv natijasida avtomaşina salonida sof vazni 4 kg 715 g bölgan “opiy” moddasi borligi aniqlangan.
DXX ma’lumotiga köra, avtomaşinada Qoraköl tumanida yaşovçi 1969 yilda tuğilgan şaxs hamda 1973 yilda tuğilgan xorijiy davlat fuqarosi bölgan. Dastlabki ma’lumotlarga köra, ular uşbu narkotik moddani avvalroq narkokurerlar tomonidan Afğonistondan kontrabanda qilingan va Buxoro şahri hududida yaşirilgan joydan olgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan gumonlanuvçilarga nisbatan Jinoyat kodeksining 28, 246-moddasi 2-qismi (kontrabanda) va 25, 273-moddasi 5-qismi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni ötkaziş) bilan jinoyat işi qözğatilib, “qamoq” ehtiyot çorasi qöllangan.
Qayd etilişiça, qonunçilikka muvofiq, bunday jinoyatlarni sodir etgan şaxslar 10 yildan 20 yilgaça ozodlikdan mahrum qilinişi mumkin.








