Jamiyat | 00:27 / 01.04.2017
13740
1 daqiqa o‘qiladi

Avstraliyada to‘fon akulani avtomobil yo‘li o‘rtasiga chiqarib tashladi

Avstraliyalik qutqaruvchilar va o‘t o‘chiruvchilar Kvinslend shtatidagi Er shahrida yo‘l o‘rtasida "Debbi" to‘foni bilan chiqarib tashlangan akulani topishdi. 

Ushbu holat aks etgan videoda avtomobil yo‘lidagi ko‘lmakda yotgan akulani ko‘rish mumkin. Akula yonidan o‘tib ketayotganlar unga qo‘l-oyoqlari bilan astagina tegib ko‘rishmoqda. Akula topilgan vaqtda o‘lik bo‘lgani sabab hech qanday xavf solmagan.

Qutqaruvchilar to‘fon bunday "mahluqlar"ni boshqa ko‘rimsiz joylarga ham olib chiqib tashlagan bo‘lishi va u yerda yirtqichlar odamga ziyon yetkazishi mumkinligini istisno qilishmagan.  

"Toshqin vaqtida u yoki bu chuqur ko‘lmakda nima yashirinib yotganini bilmaysiz. Iltimos, oyoqlaringiz ostiga e'tibor berib yuring", deb aytgan qutqaruvchilardan biri.

Mavzuga oid