Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda maktab direktori o‘quvchilarning boshini urishtirdi
Direktor ikki nafar o‘quvchini «partani sindirgani» uchun shunday «tarbiyalagani» ma’lum bo‘ldi.
Foto: Videodan kadr / qalampir.uz
Qashqadaryo viloyati, Yakkabog‘ tumanida maktab direktori o‘quvchilarning boshini urishtirdi. Shu haqdagi video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.
Videoda direktor ikki o‘quvchining boshini bir-biriga urishtirayotganini, so‘ngra ulardan birining orqasiga va boshiga mushti bilan urganini, keyinchalik har ikkala bolaning yuziga tarsaki tortganini ko‘rish mumkin. Direktor «bu davlatning partasi, otangni partasi emas», deb koyigani eshitiladi.
Bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova hodisaga izoh berdi. Qayd qilinishicha, holat 2023 yil 13 yanvar kuni yuz bergan. Qashqadaryo viloyati, Yakkabog‘ tumani 80-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori T.A. 7-sinf o‘quvchilari «partani sindirgani va shovqin solgani» tufayli ularni shunday «nomaqbul tarzda tarbiyalashga uringan».
Maktab direktorining mazkur harakatlari yuzasidan Yakkabog‘ tumani IIB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
18:18 / 18.12.2025
Tanqiddan so‘ng: taftish instansiyasi ajrimi bilan Akmal Shukurov qamoqqa qaytarildi
21:44 / 17.12.2025
Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish bo‘yicha strategiya ishlab chiqildi
19:46 / 17.12.2025
Qalovini topsa, qor ham yonadi: bezoriligi uchun 8 yilga qamalgan Akmal Shukurovni apellyatsiya sudi ozodlikka chiqarib yubordi
21:39 / 15.12.2025