Sport | 20:49 / 01.05.2015
1825
2 daqiqa o‘qiladi

Bokuda bo‘lib o‘tadigan Yevroo‘yinlarning O‘zbekistonda namoyish etilishi bo‘yicha kelishuv imzolandi

baku2015

Kun.uz: 2015 yilda Bokuda bo‘lib o‘tadigan Yevroo‘yinlarning Yevropa va Markaziy Osiyoda namoyish etilishi bo‘yicha kelishuvlar imzolandi.

azerisport.com’ning xabar berishicha, Markaziy Osiyoda ushbu o‘yinlarni namoyish qilish huquqiga Turkmaniston va O‘zbekistonda yagona televizion huquqlarga ega bo‘lgan Setanta Sports Eurasia ega bo‘ldi.

Bokudagi Yevroo‘yinlarni boshqarish qo‘mitasi bosh direktori Saymon Klegg quyidagilarni ta'kidlab o‘tdi: “Yaqinda imzolangan kelishuvlar Bokuda bo‘lib o‘tadigan o‘yinlarga Yevropa va undan tashqarida qiziqish bildirilayotganidan darak beradi. Ushbu o‘yinlarni Yevropada namoyish qilish bo‘yicha kelishuv qit'aning 32 ta davlatidagi 225 mln oilalarga musobaqalarni kuzatish imkonini beradi. Dunyoning turli qismlaridagi telekanallar bilan tuzilgan kelishuvlar esa Yevroo‘yinlarni butun dunyodagi muxlislar kuzatib borishlarini kafolatlaydi”.

Kelishuvlarga ko‘ra, Yevroo‘yinlar butun Yevropa, AQSh, Kanada, Avstraliya, Xitoy, Gonkong, Hindiston, Janubiy Amerika, arab davlatlari va shimoliy Afrikada namoyish qilinadi.

rah
Tayyorlagan rah
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish