Jahon | 09:32 / 01.05.2015
1754
1 daqiqa o‘qiladi

Filadelfiyada politsiya va namoyishchilar o‘rtasida to‘qnashuvlar bo‘lmoqda

Fabrika FormatovBaltimorePoliceDeath-0640f Kun.uz: Hafta boshida AQShning Baltimor shahrida boshlangan norozilik namoyishlari Filadelfiyada ham takrorlandi. Bu shaharda ham Baltimorda qora tanli o‘smirning politsiya tomonidan o‘ldirilishiga norozilik sifatida bir necha yuzlab kishilar ko‘chalarga chiqishgan. Bu haqda CNN xabar tarqatgan. Xabarda aytilishicha shahar merligi binosi oldida yuzlab olomon bilan politsiya xodimlari o‘rtasida to‘qnashuv ro‘y bergan va bir necha namoyishchi hibsga olingan. Shunday namoyishlar Tsintsinattida ham boshlangani aytilmoqda. Ogayo shtatidagi bu shaharda ham yuzlab qora tanli kishilar ko‘chalarga chiqishgan. Bunday mitinglar AQShning yana ko‘plab shaharlarida davom etishi kutilmoqda. xab-
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish