Jahon | 12:24 / 01.05.2015
2057
1 daqiqa o‘qiladi

Gruziyada birinchi marta ayol kishi mudofaa vaziri bo‘lishi mumkin

[caption id="attachment_89387" align="alignnone" width="578"]Tina Xidasheli © frontnews.ge Tina Xidasheli © frontnews.ge[/caption] Gruziya tarixida birinchi marta mudofaa vaziri lavozimiga ayol kishining nomzodi ko‘rsatildi. RIA Novosti agentligining ma'lum qilishicha, deputat Tina Xidasheli yaqin orada bu lavozimni egallashi mumkin. Parlamentdan ishonch votumini olishi kerak bo‘lgan Vazirlar Mahkamasining yangilangan ro‘yxatida bosh vazir Irakliy Garibashvili tabiat, sport va mudofaa vazirliklari rahbarligiga yangi nomzodlarni taklif qildi. Ro‘yxatdan Xidasheli xonimning ham nomi joy oldi. Bundan tashqari, sport va yoshlar ishlari bo‘yicha vazirlikka Tariel Xichikashvili, atrof muhitni va tabiiy resurslarni himoya qilish vazirligiga Gigla Agulashvili nomzodlari ko‘rsatilgan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish