Sport | 20:43 / 01.05.2015
2240
1 daqiqa o‘qiladi

Messi "Barselona"dagi ilk golini urganiga 10 yil bo‘ldi

messi9880

Kun.uz: "Barselona" hujumchisi Lionel Messi jamoa tarkibidagi ilk golini urganiga 10 yil to‘ldi. 2005 yil 1 may kuni futbolchi Ispaniya chempionatining 34-turida "Albasete"ga qarshi kechgan uchrashuvda debyut golini urgan edi. Bugunga qadar argentinalik futbolchi "Barselona" tarkibida 474 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 403 marotaba ishg‘ol etgan. Bu vaqt ichida 27 yoshli hujumchi ko‘plab rekordlar qayd etgan va "Barselona" tarixidagi eng sarmahsul to‘purarga aylangan.

Video opublikovano Kun.uz (@kun.uz)

rah
Tayyorlagan rah
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish