Jahon | 21:44 / 01.05.2015
1540
2 daqiqa o‘qiladi

Nepaldagi zilziladan jabr ko‘rganlar soni 14 mingdan oshib ketdi

Nepaldagi zilzila oqibatlari

Kun.uz: Nepaldagi zilziladan jabr ko‘rganlar soni  14 mingdan oshib ketdi. Bu haqda Nepal Favqulodda vaziyatlar milliy markazi xabar berdi.

“Yangi ma'lumotlarga ko‘ra, 6 ming 250 kishi halok bo‘lgan va 14 ming 357 kishi jabrlangan”, – deb aytilmoqda markazning Tvitterdagi blogida.

Nepaldagi zilzila oxirgi 80 yil ichida sodir bo‘lgan eng kuchli zilzila bo‘ldi. Ma'lumotlarga ko‘ra, tabiiy ofat 138 mingdan ko‘proq uy va davlat tashkilotlari joylashgan 10 mingdan ko‘proq binoni butunlay vayron qilgan.

Avvalroq, Nepal bosh vaziri Sushil Koirala zilzila oqibatida halok bo‘lganlar oilalariga 100 ming rupiy (1 ming dollar) kompensatsiya puli hamda halok bo‘lgan yaqinlarini dafn qilish uchun qo‘shimcha 40 ming rupiy (400 dollardan)dan pul berishini e'lon qilgandi.

O‘z navbatida, Nepal Moliya vaziri Ram Sharan Maxat Nepalga zilzila oqibatlarini bartaraf qilish uchun, shu jumladan uylar, shifoxonalar, hukumat muassasalari, tarixiy binolarni qayta tiklash uchun 2 mlrd dollar zarur bo‘lishini ma'lum qilgandi.

rah
Tayyorlagan rah
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish