Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 14:42 / 01.05.2015
1560
1 daqiqa o‘qiladi
Papua-Yangi Gvineyada 7,1 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi
Papua-Yangi Gvineyaning Yangi Britaniya orolida 7,1 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda AQSh geologiya xizmati ma'lumot berdi.
Zilzila Kokopo shahridan 110 km narida ro‘y berdi. Uning o‘chog‘i 54 km yer ostida joylashgani aytilmoqda.
Tabiiy ofat natijasida yetkazilgan talafot haqida hozircha hech qanday ma'lumot berilmadi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish