Jahon | 10:37 / 01.05.2015
1804
2 daqiqa o‘qiladi

Ukrainada suv narxi 100 foizgacha oshadi

944728739 Kun.uz: Ukrainaning energetika va kommunal xizmatlar sohasida nazoratni amalga oshiruvchi milliy komissiyasi 1 maydan boshlab aholiga suv yetkazib berish tariflarini 4 foizdan 100 foizgacha oshirishga qaror qildi. Narxlar qay darajada oshishi aholini suv bilan ta'minlovchi korxonalar bilan amalga oshiriladigan kelishuv natijalariga bog‘liq. Shu bois ayrim hududlarda narxning o‘sgani deyarli sezilmasa, boshqa joylarda istiqomat qiluvchi aholi, aksincha, suv ta'minoti uchun ikki barobar ko‘proq pul to‘lashi kerak bo‘ladi. Bugungi kuda maksimal tariflar Kiyev, Karpatorti va Kirovograd viloyatlarida amalda. Vinnitsa va Donetsk viloyatlarida esa mamlakat bo‘yicha eng past narxlar o‘rnatilgan. RIA Novosti agentligining ma'lum qilishicha, mamlakatda yaqindagina kommunal xizmatlarning boshqa turlari uchun to‘lovlar oshirilgan edi. Jumladan, 1 apreldan boshlab gaz, elektr chirog‘i, issiqlik va issiq suv narxlari ko‘tarilgan. xab-1
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish