Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iqtisodiyot | 14:07 / 01.05.2015
5205
1 daqiqa o‘qiladi
Xiva soliqchilari tadbirkorni muddati o‘tgan sabab bilan jarimaga tortishdi
Xorazm viloyati Xiva tumani soliqchilari qonunbuzilishi holatiga yo‘l qo‘ygani ma'lum bo‘ldi. Bu haqda “Huquq” gazetasi xabar bermoqda.
“Xiva tumani soliq inspeksiyasi tomonidan “Xiva Mehnat” xususiy korxonasi rahbari T. Allaberganova, ma'muriy javobgarlikka tortish muddati o‘tib ketgan bo‘lsa-da, MJtKning 175-moddasi 1-qismi bilan jarimaga tortilgan”, - deyiladi xabarda.
Mazkur qaror prokuror protestiga asosan bekor qilingan va tadbirkorlik sub'yektining buzilgan huquqlari tiklangan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish