Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 13:14 / 01.05.2015
1958
1 daqiqa o‘qiladi
Yaltada sambo bo‘yicha II Yevrosiyo chempionati o‘tkaziladi
2015 yilning 1-3 may kunlari Yalta shahrida professional jangovar sambo bo‘yicha “Birdamlik” II Yevrosiy chempionati bo‘lib o‘tadi. Bu haqda musobaqa tashkilotchilariga asoslangan holda Allcrimea axborot xizmati ma'lumot bermoqda.
Ma'lumotlarga qaraganda, musobaqada Ukraina, Rossiya, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘izistondan jami 100 nafar sportchi ishtirok etadi. Musobaqaning bosh yutug‘i Yaltadagi 30 ming dollarlik kvartira bo‘ladi. Yutuq ilgari mukofotlangan eng ko‘p sportchilarni to‘plagan vazn toifasidaga g‘olibga taqdim etiladi.
Musobaqa tashkilotchilaridan biri Artyom Tarasovning ma'lumot berishicha, musobaqa yetti vazn toifasida bo‘lib o‘tadi: 57, 62, 68, 74, 82, 90 va +90 kg.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish