Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 07:44 / 02.05.2015
2610
1 daqiqa o‘qiladi
Berluskoni "Milan"ning nazorat paketini tailandlik tadbirkorga sotishga rozi bo‘ldi
Kun.uz: Italiyaning "Milan" jamoasi prezidenti Silvio Berluskoni jamoa aksiyalarining nazorat paketini tailandlik tadbirkor Bi Techubolga sotishga rozi bo‘lgan. Bu haqda Gazzetta dello Sport xabar berdi.
Xabar qilinishicha, tomonlar kelishuvning barcha yuridik va ma'muriy jarayonlarini yakunlashgan va tez kunlarda shartnoma haqida rasman ma'lum qilishadi.
Aytishlaricha, Techaubol 51 foizlik aksiya uchun 500 mln yevro to‘laydi.