Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 10:09 / 02.05.2015
1914
1 daqiqa o‘qiladi
Nadalga Ispaniyadagi eng oliy mukofot topshirildi
Kun.uz: Jahonning sobiq birinchi raketkasi, 14 karra “Katta Dubulg‘a” turkumiga kiruvchi turnirlar g‘olibi ispaniyalik Rafael Nadal professional faoliyatidagi yutuqlari uchun munosib tarzda taqdirlandi.
1 may kuni Madrid shahrida Nadalga mehnat faoliyatidagi yutuqlari (Medalla de Oro al Mérito en el Trabajo) uchun Ispaniya fuqarolik unvonining oliy nishoni – Oltin medal tantanali ravishda topshirildi. Unga mukofot Ispaniya qirolligi bosh vaziri Mariano Raxoya tomonidan topshirildi.
"Meni bunday oliy darajadagi mukofot bilan taqdirlashlarini tasavvur ham qila olmasdim. Bunday e'tibordan juda mamnunman. Endi bor kuchim bilan bu mukofotga munosib bo‘lishga harakat qilaman. O‘ylaymanki, bu voqea o‘z kareramda yana bir pog‘ona ko‘tarilish bo‘ldi. Bu mukofot navbatdagi sovrinlarim uchun ilhom baxsh etadi" deydi Nadal AFP nashriga bergan intervyusida.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish