Jahon | 22:36 / 02.05.2015
1570
1 daqiqa o‘qiladi

Shotlandiyada "Seltik" ketma-ket to‘rtinchi marta chempionlikni nishonladi

bcd36fd6aa9444633c776f1253516f0f Kun.uz: Glazgoning "Seltik" jamoasi Shotlandiya chempionati yakunlanishiga 3ta tur qolganida chempionlikni nishonladi. Bu chempionlik jamoa uchun ketma-ket qo‘lga kiritilgan to‘rtinchi chempionlik bo‘ldi.

Peshqadamdan 11 ochko kam jamg‘argan holda turnir jadvalining ikkinchi o‘rnida joylashgan "Aberdin" jamoasi "Dandi Yunayted"ga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lgach, "Seltik"ka hech qaysi jamoa yeta olmasligi oydinlashdi. Qayd etib o‘tish joizki, jamoaning norvegiyalik murabbiyi Ronni Deyli o‘zining ilk mavsumidayoq g‘oliblikka erishdi. Ma'lumot uchun, bu chempionlik "Seltik" tarixidagi 47-chempionlik hisoblanadi. Shotlandiya chempionatida eng ko‘p zafar quchgan jamoa esa Glazgoning yana bir jamoasi "Glazgo Reyndjers" bo‘ltb turibdi. Ayni vaqtda moliyaviy muammolar tufayli quyi ligalarda harakat qilayotgan bu jamoa jami 54 marta Shotlandiya chempioni bo‘lishga erishgan. xab-bcd36fd6aa9444633c776f1253516f0f
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish