Jahon | 11:01 / 03.05.2015
1725
1 daqiqa o‘qiladi

Kanada Nepalga qo‘shimcha 4,1 mln dollarlik insonparvarlik yordami ajratadi

1061084035 Kun.uz: Kanada hukumati vayronagar zilziladan jabr ko‘rgan Nepalga qo‘shimcha 5 mln Kanada dollari (4,1 mln AQSh dollari) miqdorida insonparvarlik yordami ajratishni rejalashtirmoqda. Avvalroq Kanada Nepalga 5 mln dollar yordam yuborgan edi. Kanada hukumatining rasmiy saytida xabar berilishicha, 2 may kuni Kanadaning Xalqaro hamkorlik vaziri Kristian Paradi tegishli qarorni ma'lum qildi. Qayd etilishicha, moliyalashtirish BMTning gumanitar muassasalariga zilziladan jabr ko‘rgan odamlarning eng zarur ehtiyojlarini qondirishga yordam berishi haqidagi BMTning chaqirig‘iga javoban ajratiladi. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, zilzila oqibatida 7040 kishi halok bo‘lgan, yana 14397 kishi jarohatlangan. xab-1
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish