Sport | 11:55 / 03.05.2015
1683
1 daqiqa o‘qiladi

Kasilyas Primeradagi 333-g‘alabasiga erishdi

CDwlqKYUsAA8Zy_

Kun.uz: “Real Madrid” Primeraning 35-turida “Sevilya” (2:3) ustidan g‘alaba qozondi. Bu uchrashuvda “qirollik klubi” darvozaboni Iker Kasilyas Ispaniya chempionatidagi 333-g‘alabasiga erishdi. Kasilyas g‘alabalar soni bo‘yicha birinchi o‘rinda borayotgan “Barselona” darvozaboni Andoni Subisaretta bilan tenglashib oldi. Navbatdagi g‘alabadan so‘ng Kasilyas rekord qayd etadi.

Uchinchi o‘rinda 327 g‘alabaga erishgan Raul, 4-o‘rinda 320 g‘alabaga erishgan Xavi bormoqda. 312ta g‘alabaga erishgan Manuel Sanchis esa 5-o‘rinda turibdi.

xab-
rah
Tayyorlagan rah
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish