Jahon | 12:33 / 03.05.2015
1849
1 daqiqa o‘qiladi

Nepal politsiyasi tog‘dan 50 kishining jasadini topdi

Fabrika Formatov13453 Kun.uz: Nepaldagi tog‘ hududidan zilzila natijasida ro‘y bergan ko‘chki tufayli halok bo‘lganlarning jasadi topildi. Mahalliy politsiyaga asoslanib, Reyter nashrining xabar qilishicha, bu joyda 50 nafar kishining jasadi bo‘lgan.

Ma'lum qilinishicha, halok bo‘lganlar orasida xorijlik alpinist ham bor, lekin hozircha uning shaxsi aniqlanmagan. Mahalliy amaldorlardan birining aytishicha, yana 200 kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda. "Biz noqulay ob-havo sharoiti tufayli tog‘li hududlarda harakatlanishda qiynalyapmiz. Tinimsiz yomg‘ir yog‘ishi bedarak yo‘qolganlarni izlashga xalal bermoqda", deydi ushbu amaldor. xab-1
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish