Sport | 09:03 / 03.05.2015
1908
2 daqiqa o‘qiladi

Oliy Ligada 7 turdan keyin "Nasaf" peshqadamlik qilmoqda

1430 Kun.uz: 1-2 may kunlari O‘zbekiston Oliy Ligasining 7-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. 1 may kuni turning markaziy uchrashuvida Qarshining «Nasaf» jamoasi Toshkentning «Lokomotiv» klubini qabul qildi va kichik hisobda g‘alaba qozondi. O‘yinning 10-daqiqasida Farrux Sayfiyev tomonidan kiritilgan gol «Nasaf»ga g‘alaba keltirdi - 1:0. Ushbu g‘alabadan so‘ng «Nasaf» o‘z ochkolari sonini 18taga yetkazdi va turnir jadvalidagi peshqadamligini mustahkamladi. Turning yana bir uchrashuvida «Paxtakor» o‘z maydonida «Navbahor»ni qabul qildi va kichik hisobda g‘alaba qozondi. Stanislav Andreyevning 83-daqiqada kiritgan goli «Paxtakor»ga g‘alaba keltirdi - 1:0. 2 may kunining markaziy uchrashuvida "Bunyodkor" kutilmaganda "Neftchi"ga o‘z maydonida mag‘lub bo‘ldi. 21-daqiqada “Neftchi” futbolchilari tashkil etgan qarshi hujum natijasida penalti ishlandi va 11 metrlik nuqtadan Ro‘zimboy Ahmedov hisobni ochdi. Shu hisob o‘yin oxirigacha saqlanib qoldi va endi farg‘onaliklar 17 ochko bilan ikkinchi o‘ringa joylashishdi. 7 turning qolgan uchrashuvlarida "So‘g‘diyona" "Mash'al"ni 2:1, "Qo‘qon-1912" "Buxoro"ni 2:1, "Dinamo" "Metallurg"ni 1:0 hisoblarida mag‘lub etdi. "Andijon" va "Sho‘rtan" bahsida nursiz durang qayd etilgan bo‘lsa, "Olmaliq" "Qizilqum"ni 2:0 hisobida taslim qildi. Screenshot_6 xab-
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish