Jahon | 18:12 / 03.05.2015
1639
1 daqiqa o‘qiladi

Saudiya Arabistoni quruqlikdagi qo‘shinlari Adanga bostirib kirganini inkor qilmoqda

573_69475b7d8ef9e3b65ed70063b8eebd25_1266 Kun.uz: Saudiya Arabistoni hukumati Yamanning Adan shahri koalitsiya kuchlari tomonidan ishg‘ol qilingani haqidagi xabarlarni inkor qildi. Bu haqda Reyter xabar bermoqda. Saudiya Arabistoni qirolligi vakilining aytishicha, ayni vaqtda Adanda koalitsiya askarlari mavjud emas. Biroz oldinroq, Saudiya Arabistoni va ittifoqchi kuchlarning harbiylari quruqlikdagi harbiy harakatlarni boshlab, Adan shahriga husiychilar bilan jang qilish maqsadida kirgani haqida xabarlar tarqalgandi. xab-
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish