Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 07:00 / 04.05.2015
2799
1 daqiqa o‘qiladi
Buyuk Britaniya qirollik xonadoni oilasida tug‘ilgan qizaloq sharafiga 10 mingta oltin va kumush tanga zarb etiladi
Kun.uz: Buyuk Britaniyada shahzoda Uilyamning oilasida ikkinchi farzand tug‘ilgani sharafiga 10 mingta 5 funt sterling qiymatdagi tanga zarb etiladi. Bu haqda The Daily Mail nashri xabar bermoqda.
Nashrning ta'kidlashicha, qirollik zarbxonasi 40 gramm og‘irlik va 88 probadagi oltindan 500ta tanga zarb qiladi. Qolgan tangalar esa 28 gramm og‘irlikdagi kumushdan yasaladi.
Tanganing bir tarafida Britaniya qirolichasi Yelizavetaning yon tomondan ko‘rinishi, boshqa tomonida esa liliya guli tasvirlanadi.
Shuningdek, farzandlari yangi malika bilan bir kunda tug‘ilgan oilalarga 2 mingdan ziyodroq kumush penni sovg‘a qilish mo‘ljallanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, qizcha 2 may kuni ertalab dunyoga keldi. U Kembrij malikasi unvonini oladi va Britaniya taxtiga vorislar navbatida buvasi, otasi va akasidan keyin 4-o‘rinni egallaydi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish