Jahon | 18:41 / 04.05.2015
2281
1 daqiqa o‘qiladi

Hewlett-Packard'ning sobiq rahbari AQSh prezidentligiga nomzodini qo‘ydi

6849840 Kun.uz: Hewlett-Packard kompaniyasining sobiq ijrochi direktori Karli Fiorina Respublikachilar partiyasi nomidan AQSh prezidentligiga o‘z nomzodini qo‘yishini e'lon qildi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda. “Ha, men prezidentlikka nomzodimni qo‘ymoqdaman. Men o‘zimni bu ishda ishlash uchun eng maqbul insonman deb o‘ylayman, chunki iqtisodiyot aslida qanday ishlashidan boxabarman. Men dunyoni va u qanday ishlashini tushunaman”, deb aytdi Fiorina. Fiorina hech qachon davlat lavozimlarida ishlamagan. So‘rovlarga ko‘ra, u respublikachi nomzodlar orasida oxirgi o‘rinni egallamoqda. Fiorina bu partiyadan hozircha prezidentlikka o‘z nomzodini qo‘ygan yagona ayol bo‘lmoqda.
Tayyorlagan:  rah