Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 11:57 / 04.05.2015
1779
2 daqiqa o‘qiladi
Rossiya Nikaraguada fazoviy qurilmalarini joylashtirayotgani AQShni tashvishga solmoqda
Kun.uz: AQSh o‘zining chegaralaridan uncha uzoq bo‘lmagan Nikaragua mamlakati hududida Rossiyaning yo‘ldosh kuzatuv stansiyasining joylashtirilishiga xavotir bilan qaramoqda, deb yozmoqda Deutsche Wirtschafts Nachrichten nashri.
Nikaragua milliy assambleyasi Nikaragua hududida tinchlik maqsadlarida yo‘ldosh kuzatuv stansiyasining joylashtirilishiga rozi bo‘ldi. Tegishli hujjat tajribaviy ma'lumotlarni birgalikda olish, qurilmadan fazoviy fanning turli sohalarida foydalanish, fazoviy texnologiyalar, shu jumladan, yo‘ldoshlarni ishlatishni nazarda tutadi. Kelishuvda Nikaragua tomonidan fazoviy qurilmalarni o‘rnatish uchun maydonlar taqdim qilish nazarda tutilgan.
Biroq AQSh o‘z hududlari yaqinida o‘rnatilayotgan bu qurilmalarga shubha bilan qaramoqda.
“AQSh yaqinida o‘rnatilayotgan bu yo‘ldosh tizimi Obama hukumati tomonidan ogohlantirish sifatida qabul qilinmoqda” deb yozmoqda nemis nashri va buni kosmiy fazoda Rossiya va AQSh texnologiyalari orasida kurash borayotgani bilan tushuntirmoqda.
“Bungacha ruslar AQShning josus yo‘ldoshlari suratlari bilan amerikaliklarni garang qilib qo‘ygan edilar, AQSh maxsus xizmatlari butunlay sarosimaga tushib qolgan edi. AQShning radiolokatsion yo‘ldoshining 2005 yildan 2010 yilgacha hamma harakatlanishlari Oltoy optik-lazer markazi tomonidan qayd qilib borilgan””, deyilmoqda maqolada.
O‘tgan haftada Nikaragua Milliy assambleyasi Rossiya bilan kosmik fazoni o‘rganish va undan tinchlik maqsadlarida foydalanish haqidagi kelishuvni ratifikatsiya qilgan edi. 2012 yilda Managua va Moskva o‘rtasida kosmik faozini birgalikda o‘zlashtirish haqida kelishuv imzolangan edi. Unda GLONASS yo‘ldosh tizimi uchun yerusti infratuzilmasi qurish ham nazarda tutilgan edi. Ayni paytda Nikaragua va Rossiya qurol-aslaha sotib olish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Nikaragua Rossiyadan MiG-29 qiruvchi samolyotlari va patrul katerlari sotib olishni rejalashtirmoqda.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish