Jahon | 14:38 / 05.05.2015
2052
1 daqiqa o‘qiladi

6 may kuni Medvedev Raul Kastro bilan uchrashadi

756612

Kun.uz: Kuba Davlat Kengashi va Vazirlar Kengashi raisi Raul Kastro Rossiya prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan Moskvaga tashrif buyurib, 9 may kuni Ikkinchi Jahon urushidagi g‘alabaning 70 yilligiga bag‘ishlab o‘tkaziladigan tantanali marosimda ishtirok etadi. Shuningdek, u 6 may kuni Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev bilan uchrashadi. Uchrashuv chog‘ida energetika, transport va sog‘liqni saqlash sohalaridagi hamkorlik masalalari borasida muzokaralar olib boriladi. Shuningdek, Rossiya hukumati matbuot xizmatining xabar berishicha, muzokaralar chog‘ida gumanitar soha va boshqa masalalar ham ko‘rib chiqiladi.

uy

rah
Tayyorlagan rah
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish