Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 14:56 / 05.05.2015
2929
1 daqiqa o‘qiladi
Ravshan Ermatov «Suvon» va «Beyjing Guoan» uchrashuvini boshqaradi
Kun.uz: 5 may kuni Osiyo Chempionlar Ligasida guruh bosqichining so‘nggi tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi.
“G” guruhidan o‘rin olgan Janubiy Koreyaning “Suvon Samsung” hamda Xitoyning “Beyjing Guoan” klublari o‘rtasidagi uchrashuvni o‘zbekistonlik hakamlar brigadasi boshqarib boradi.
Uchrashuv bosh hakami – Ravshan Ermatov. Unga qanotlarda Abduhamidullo Rasulov hamda Jahongir Saidov yordam beradi. Yordamchi hakam vazifasini esa Sherzod Qosimov bajaradi.
Uchrashuv komissari Shoh Ismoil (Maldiv), inspektori esa Okada Masayoshi (Yaponiya).
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish