Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iqtisodiyot | 12:20 / 05.05.2015
4811
1 daqiqa o‘qiladi
Toshkentda Open HR Business Forum bo‘lib o‘tadi
Toshkentdagi International Hotel mehmonxonasida 7-8 may kunlari Open HR Business Forum nomli tadbir bo‘lib o‘tadi. Bu haqda UZ24 xabar bermoqda.
7 may kuni forum doirasida tashkil etiladigan Business Career Expo’da kompaniyalar ishtirokida brifinglar, mehnat yarmarkasi, qatnashchi firmalar uchun mahorat mashg‘ulotlari, shuningdek, o‘quv markazlari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Qayd etishlaricha, ushbu tadbirga kirish bepul.
8 may kuni esa avstraliyalik biznes-trener Brett Minchington ish beruvchining brendini boshqarish borasida master-klass o‘tkazadi. Ushbu mashg‘ulot davomida kompaniyaga iqtidorli xodimlarni jalb etish va ularni saqlab qolish masalalari bo‘yicha ko‘nikma oshiriladi. Bu tadbir uchun joylar soni cheklangan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish