Jamiyat | 08:11 / 06.05.2015
845
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh Nepalga 26 mln dollarlik yordam ajratadi

AQSh hukumati Nepaldagi zilzila talofatlariga qarshi kurash maqsadida ajratiladigan yordam hajmini 26 mln dollargacha oshirishini ma'lum qildi. Bu haqda The Wall Street Journal xabar bermoqda.

AQSh xalqaro rivojlanish agentligi vakili Alfonso Lenxardtning ma'lum qilishicha, avval va'da qilingan 15 mln dollarlik mablag‘ga yana 11 mln dollar qo‘shilishi haqida ma'lum qilgan.

"Katmanduga borib, zilzila talofatlari ko‘lamini o‘z ko‘zlarim bilan ko‘rib keldim", deydi u.

Uning aytishicha, AQSh tomonidan beriladigan yordam Katmandu shahridan tashqari boshqa hududlardagi ahvolni yaxshilash uchun ham yo‘naltiriladi. Nepalga insonparvarlik yordamlari, chodirlar, ichimlik suvi va oziq-ovqat mahsulotlari hamda gigiyenik vositalar yuborish mo‘ljallangan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish