Sport | 07:39 / 06.05.2015
1197
1 daqiqa o‘qiladi

Fabregas o‘z jamoadoshi Azarning Messi va Ronaldu darajasiga chiqa olishini aytdi

“Chelsi” yarimhimoyachisi Fransesk Fabregas o‘z jamoadoshi Eden Azarning kelajagi haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

 “Azar Messi va Ronaldu darajasiga chiqa olish qo‘lidan keladimi? Albatta. U ajoyib mavsumni o‘tkazdi. Umid qilamanki, keyingi mavsum yanada yaxshiroq bo‘ladi.

U bizning yetakchimizdir. Mening fikrimcha, u jamoani kuchliroq qiladigan o‘yinchi. Eden keyingi mavsumda o‘zini Chempionlar ligasida ko‘rsatishi kerak va bu uning qo‘lidan keladi”, deb aytdi Sesk.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish