O‘zbekiston | 08:16 / 06.05.2015
1540
1 daqiqa o‘qiladi

Italiyada o‘zbek kurashi bo‘yicha ilk milliy seminar o‘tkazildi

Italiyada o‘zbek kurashi bo‘yicha ilk milliy seminar muvaffaqiyatli o‘tdi. Bu haqda 12news.uz xabar bermoqda.

Tadbir Italiya kurash federatsiyasi, O‘zbekistonning Kazertadagi faxriy konsuli tomonidann O‘zbekistonning Italiyadagi elchixonasi, Xalqaro kurash assotsiatsiyasi va O‘zbekiston kurash federatsiyasi ko‘magi bilan tashkil etildi.

Bir hafta davomida O‘zbekistondan tashrif buyurgan murabbiylar, hakamlar va sportchilar Italiyaning turli hududlaridan tashrif buyurgan murabbiy va atletlarga kurash qoidalari, texnika va taktikalaridan saboq berishdi.

Ma'lumot uchun, Italiya kurash federatsiyasi 2014 yil dekabrida tashkil etilgan bo‘lib, 2015 yilda kurash bo‘yicha birinchi Italiya chempionatini o‘tkazish, 2016 yilda xalqaro musobaqa o‘tkazish ko‘zda tutilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish