Sport | 15:46 / 06.05.2015
1586
1 daqiqa o‘qiladi

"Liverpul" Shkrtel bilan yangi shartnoma tuza olmadi

"Liverpul" jamoasi o‘zinning 30 yoshli slovakiyalik markaziy himoyachisi Martin Shkrtel bilan shartnomani uzaytirish borasidagi muzokaralarni to‘xtatdi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar bergan.
Ikki tomon o‘rtasidagi mavjud shartnoma 2016 yilgacha tuzilgan bo‘lib, jamoa murabbiyi rahbariyatdan uni olib qolishni so‘ragan.
Mersisaydliklar rahbariyati himoyachiga 3+1 ko‘rinishida yangi shartnoma taklif qilgan. Bu shartnoma bandlarida futbolchi ayni vaqtdagi maoshi miqdorini saqlab qolishni istasa, har yili 80 foiz uchrashuvda ishtirok etishi lozimligi ko‘rsatilgan. Shartnomadagi aynan shu band Shkrtelga ma'qul kelmagan.

Qayd etish joizki, Shkrtel ayni vaqtda jamoada eng ko‘p maosh oladigan futbolchilar orasida uchinchi bo‘lib turibdi. Undan oldinda faqat Stiven Jyerrard va Deniel Starrij nomi bor.

Tomonlar yozgi transferlardan keyin yana bir bor muzokaraga kirishishi mumkinligi inkor etilmagan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish