Jahon | 09:10 / 06.05.2015
1164
1 daqiqa o‘qiladi

Nazarboyev daromad deklaratsiyasi topshirish joriy qilinganidan so‘ng hech kimga yon bosilmasligini aytdi

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev mol-mulk legalizatsiyasi masalasini ko‘tarib chiqdi. Tengrinews.kz resursining yozishicha, u daromad deklaratsiyasi topshirish majburiyati joriy qilinganidan so‘ng hech kimga yon bosilmasligini e'tirof etgan.

“Daromad va buromad deklaratsiyasi topshirish majburiyati joriy qilinguniga qadar barchaga mol-mulkini legalizatsiya qilish imkoniyatini beramiz. Bu o‘ta boylar va o‘ta kambag‘allarning bo‘lmasligi va barchani tenglashtirishning yo‘lidir. Endi barcha nima sotib olgani va pulni qayerdan topgani haqida ma'lumot beradi”, - deb ta'kidladi Nazarboyev.
Bundan tashqari, u pullarni mamlakatni rivojlantirishga yo‘naltirish kerakligini aytib o‘tdi:
“Ayrim joylarda diniy cheklovlar hashamatni man qilgan edi, u mamlakatlar pulni bekorga sarflash o‘rniga ularni rivojlantirishga yo‘naltirishdi, mamlakatlar rivojlandi. Biz ham tinch yashashni o‘rganishimiz kerak”.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish