O‘zbekiston | 10:59 / 06.05.2015
19687
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Prezidenti Moskvadagi G‘alaba paradiga bormaydi

O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 70 yilligiga bag‘ishlangan Moskvadagi tadbirlarda ishtirok etmaydi. Bu haqda, O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati vakiliga asoslanib, “Noviy vek” gazetasi xabar bermoqda.

Vakilning so‘zlariga ko‘ra, ushbu sana bilan bog‘liq tadbirlar O‘zbekistonda ham keng nishonlanadi, bir qator tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

“O‘zbekiston Prezidenti ushbu tadbirlarda faol ishtirok etadi”, - dedi “Noviy vek” suhbatdoshi.

O‘zbekistondagi “Nuroniy” xayriya jamg‘armasi ma'lumotlariga ko‘ra, Ikkinchi jahon urushida O‘zbekistonning 1,4 million aholisi ishtirok etgan, ularning 400 mingdan ortig‘i halok bo‘lgan, 130 ming nafari bedarak yo‘qolgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish