Jamiyat | 13:38 / 06.05.2015
1762
2 daqiqa o‘qiladi

Xalqaro sog‘liqni saqlash tashkiloti: 2030 yilda Yevropada semizlik ulkan muammoga aylanadi

Xalqaro sog‘liqni saqlash tashkilotining bashoratiga ko‘ra, 2030 yilda Yevropada semizlik ulkan muammoga aylanadi.
“Bizning tadqiqotlarimiz Yevropada semizlikning ko‘payishi xavotirli miqyos kasb etib borayotganini ko‘rsatmoqda. Ushbu tendensiyani bartaraf qilish uchun zudlik bilan choralar ko‘rish talab etiladi”, - deb izohladi yangilikni UK Health Forum mutaxassisi Lora Uebber.
The Daily Express nashrining ma'lumot berishicha, eng xavotirli vaziyat Irlandiyada kuzatilmoqda. Mutaxassislarning hisob-kitoblariga qaraganda, 2030 yilga kelib mamlakatdagi 89 foiz erkak va 85 foiz ayol semizlikdan aziyat chekadi. Buyuk Britaniyada bu ko‘rsatkichlar 74 va 64 foizni tashkil etadi.
Eskpertlar 57 mamlakatga doir ma'lumotlarni to‘pladilar. Semizlik muammosi eng jiddiy tus oladigan mamlakatlar qatorida Gretsiya, Ispaniya, Shvetsii, Avstriya va Chexiya bo‘lishi aytilmoqda. Niderlandiyada esa, aksincha, semizlik muammosi sekin-asta kamayib boradi. 2010 yilda mamlakat aholisining 54 foizi semizlikka yo‘liqqan bo‘lsa, 2030 yilda bu ko‘rsatkich 59 foizni tashkil qiladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish