Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyadagi mehmonxonada yig‘lab olmoqchi bo‘lgan ayollarga xonalar taklif qilinmoqda
Yaponiyaning Mitsui Garden Yotsuya nomli mehmonxonasida yig‘lab olishni xohlovchi ayollar uchun maxsus xonalar paydo bo‘ldi, deb xabar bermoqda Fox News telekanali. Tokioda joylashgan ushbu mehmonxona o‘z mijozlariga qog‘oz salfetkalar va “yurakni ezadigan” filmlar taklif qilmoqda.
TripAdvisor saytida ta'kidlanishicha, ayollar bilan birdek erkaklar ham mehmonxona haqida ijobiy fikr bildirmoqdalar. Biroq emotsional muammolarga duch kelgan ayollar bu mehmonxonaning alohida toifadagi mijozlari bo‘lmoqdalar. Mehmonxonaning yig‘lash uchun mo‘ljallangan maxsus xonalarida mijozlar Gollivudda ishlangan “Forrest Gamp”, Janubiy Koreyada ishlangan “Unutishni istamayman” va Yaponiyaning “Mari va uch kuchuk bolasi haqidagi voqea” kabi filmlarni tomosha qilishlari mumkin. Bundan tashqari, yig‘lamoqchi bo‘lgan mijozlarga tematik komikslar ham taklif qilinmoqda.
Yumshoq salfetkalar va maxsus niqoblar mijozlarga “yangi” va “yangi quvvatlar” bilan uyg‘onishlariga yordam beradi.
Mehmonxona narxi kuniga 10 ming iyendan (83 dollarga yaqin) boshlanadi.