Sport | 21:53 / 07.05.2015
2155
1 daqiqa o‘qiladi

Frants Bekkenbauer:”Gyottse o‘zini yosh boladek tutmoqda”

“Bavariya” klubining faxriy prezidenti yarimhimoyachi Mario Gyottseni ko‘rsatayotgan o‘yin uslubi uchun tanqid qildi.

“Gyottse maydonda o‘zini yosh boladek tutmoqda va harakatlanmoqda. Yakkakurashni yutqazib qo‘yishi bilanoq joyida qotib qolmoqda. Bolalar o‘zlarini shunday tutishadi. “Bavariya”da bunga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Gyottse biroz ulg‘ayish kerak.

Gyottse Dortmundda nima qodirligini ko‘rsatdi. U haqiqatan katta iste'dod. biroq shunga qaramay, uning o‘yiniga hali ham nimadir yetishmayapti”, deb aytdi Bekkenbauer Sky Sports bergan intervyusida.  

 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish