Iqtisodiyot | 10:12 / 07.05.2015
1603
1 daqiqa o‘qiladi

Siemens 4.5 ming xodimini ishdan bo‘shatadi

Germaniyaning Siemens kompaniyasi daromadning tushib ketishi oqibatida keltirilgan zararni qoplash maqsadida 4.5 ming nafar xodimini qisqartirishi mumkin.
Bloomberg axborot agentligining ma'lumot berishicha, joriy yilning birinchi choragida ishlab chiqarish xarajatlarining oshishi natijasida kompaniya daromadi 4.9 foizga tushib ketib, 1.9 mlrd dollarni tashkil qilgan. Ayni paytda, kompaniya tushumi 8.1 foizga o‘sib, 18 mlrd dollarga yetgan.
Siemens ijrochi direktorining ma'lum qilishicha, kompaniyani struktur qayta tashkil qilish ishlari yakuniga yetgan. Bu ishlarga qo‘shimcha choralar tariqasida bir qator xodimlar qisqartirishga tushadi.
5 may kuni 7.4 ming nafar xodim ishdan bo‘shatilishi ma'lum qilingan edi. Bugun esa ularning soni 4.5 ming kishini tashkil etishi aytilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish