Jamiyat | 04:48 / 07.05.2015
2527
2 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada Qur'onning arman tilidagi tarjimasi chop etildi

Turkiyaning din ishlari bo‘yicha boshqarmasi arman tilidagi Qur'onni chop etdi. Bu haqda Anadolu turk axborot agentligi xabar bermoqda. Kitob 4 ming nusxada chop etilgan.

Din nashlari bo‘yicha bosh direktor Yuksal Salmonning aytishicha, Qur'on arman tilining sharqiy va g‘arbiy variantlarida chiqarilgan.

“Biz Qur'on va islomdan bexabar bo‘lgan odamlar ushbu tarjima yordamida islomning rahm-shafqatli tiliga qo‘shila oladilar, deb umid qilamiz”, deb aytdi Salmon.

Salmon nashr ustidagi ishlar 4 yil davom etgani, undan ikki yildan ko‘proq vaqt tarjima ishlari uchun sarflanganini ta'kidlab o‘tdi. Loyiha ustida Turkiya universitetlarining teologiya fakultetlari professorlari va Diyonat mutaxassislari ish olib borish. 

Bu Qur'on tarjimasi Turkiya din ishlari bo‘yicha boshqarmasi tomonidan chop etilgan bosh tildagi birinchi Qur'on emas. Avvalroq Diyonat musulmonlarning muqaddas kitobini ispan va kurd tillarida chop etgan edi. Salmonning aytishicha, Qur'onni yana 15 tilda chop etish rejalashtirilgan.

Diyonat tashkiloti Turkiya Konstitutsiyasining 136-moddasi negizida 1924 yilda tashkil etilgan. Bu tashkilot islom ma'rifati va masalalari bilan shug‘ullanadi. Bundan tashqari, Diyonatning vazifalariga turk ziyoratgohlarini saqlash va ularga qarab turish ham kiradi.  

Qur'oni Karim arab tilida yozilgan. Hozirda Qur'on ko‘pchilik tillarga, shu jumladan rus tiliga ham o‘girilgan. XX va XXI asrlarda muqaddas kitobning arman tilidagi bir nechta tarjimasi chiqqan, biroq Turkiyada Qur'on arman tiliga birinchi marta tarjima qilindi.

Armanistonda islom diniga kurd, forsiy, ozarlar va boshqa xalqlar ibodat qiladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish